LOYIHA HAQIDA

Mana.uz Maqsadi

Mana.uz da buyuklar bilan yaqin bo'ling. Buyuk olimu ulamolar, barcha sohadagi yetuk mutaxassislar va shu kabi ustozlarning fikr-mulohazalarini, maslahatu-tajribalarini har bir kishi hayotida qo'llasa, o'ylaymizki anchagina muvafaqqiyatlarga erishadi.

Chunki ular tinimsiz mehnat qilishgan, ilm o'rganishgan, izlanishgan, ko'pgina mashaqqatlarni yengib o'tishgan va shularni natijasi o'laroq anchagina yutuqlarga erishgan, tarixda iz qoldirgan va dunyoni titratgan. O'zlarini tutishda, odobda, ilmda, tajribada va yana ko'plab jihatlarda ulamolarimiz hammaga o'rnak bo'ladi.

Yana bir narsaga alohida e'tibor berish kerakki, buyuklarimiz ham biz kabi oddiy inson bo'lishgan. Demakki, bizdan ham olimlar va kamida yetuk mutaxassislar chiqadi. Shunday ekan farzandlarimizdan ham shunaqa olimlar chiqishida buyuklarimizni o'rganib borishimiz kerak.

Shu o'rinda gapimizni quvvatlash maqsadida ba'zi mulohazalarni keltirib o'tsak:

Agar siz buyuk ishlar qila olmasangiz, kichik ishlarni buyuklik yo'lida qiling.

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Ushbu loyihaning maqsadi: Buyuklarning fikr-mulohazalarini, maslahatlarini ushbu sayt orqali foydalanuvchilarning talabidan kelib chiqqan holda topib berish, qiziqtirilgan muallif yoki kalit so'zlarga mos mulohazalarni izlay olish imkoniyati mavjud bo'lgan qulay bir imkoniyat bo'lishidir. Undan tashqari sohalarga mos yoki qaysidir holat uchun ham, turkum mulohazalarni to'plam sifatida taqdim qilib borish.

Bizning jamoamiz siz foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun ushbu saytni yanada takomillashtirib, yaxshilab boraveramiz.

“Mana Buyuklar” kanali