Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar.

Кимки бир кўнгли бузуқнинг хотирин шод айлагай, Онча борким, Каъба вайрон бўлса обод айлагай.

Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.

Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.

Бўлса керак фикр ила шоҳи замон, Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.

Хуш дурур боғу коинот гули, Барчадин яхшироқ ҳаёт гули.

Oz-oz o'rganib dono bulur.

Одами эрсанг демагил одами, Ониким йўқ халқ ғамидин ғами.

Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar.

Кишиким қилса олимларга таъзим, Андоқки қилур пайғамбарга таъзим.

Dardim og‘irroq tog‘din, xoshokdin jismim yengil.

“Mana Buyuklar” kanali