Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir

Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.

Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim

Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim.

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.

Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.

Maktab misni tillo qilur, Maktab sizni mullo qilur

Bargi daraxton sabz dar nazari hushyor, Har varaqash tabiati ro`zg`or

Kerak tarbiyat yoshlikdan kerak, Ulug‘ bo‘lsa lozim kelur g‘am yemak.

Dangasalik har vaqt insonni xor qilur.

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar.

G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.

“Mana Buyuklar” kanali